Ottmar Xitcfeld: "Bizni ikkinchi gol sindirdi"

Aziz Tukhtamuradov
21 iyun 2014
Shveytsariya terma jamoasi bosh murabbiyi Ottmar Xitcfeld Fransiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mana shunday mag'lubiyatdan afsusdamiz. Bugun biz uchun judayam qiyin kun bo'ldi. O'yinni yaxshi boshlagan bo'lsak ham o'zimiz istagan o'yinimizni ko'rsata olmadik.
Ikkinchi gol bizni sindirdi. Bunday zarbadan so'ng o'yinga qaytish qiyin bo'ldi.

Albatta ikkita gol urishni uddasidan chiqdik. Lekin, unda kech bo'lgan edi. Umid qilamanki, bugungi natijani esdan chiqarib guruhdan chiqish uchun kurashishda davom etamiz", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net