O'tgan yili "Dinamo"da harakat qilgan serbiyalik legioner Malayziya klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
7 yanv 2023, 12:57
O'tgan yili Samarqand klubida to'p tepgan himoyachi Mixaylo Yovanovich faoliyatini Malayziya jamoasida davom ettiradi.

33 yoshli futbolchi "Kuching" tarkibiga borib qo'shildi. U yangi jamoasi bilan 30 noyabrga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.



Yovanovich o'tgan mavsum "Dinamo" libosida 20 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan edi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur Malayziya klubida o'zbekistonlik yarim himoyachi, "Neftchi" sobiq futbolchisi Sirojiddin Qo'ziev ham o'ynamoqda. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia