Otabek Valijonov: Buxoro kuchli lekin biz ham qarab turmaymiz

Narzulla Saydullayev
17 apr 2016, 11:23
Ma'lumki bugun Buxoro - Andijon uchrashuvidan so'ng oliy liganing 5-turiga yakun yasaladi.
Mazkur o'yin oldidan burgutlarning yetakchi o'yinchisi Otabek Valijonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Albatta, Neftchi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoadoshlarimning kayfiyati yuqori. Bizga bitta g'alaba kerak edi. Buxoroga ham faqat ijobiy natija qayd etish uchun keldik. To'g'ri, raqib jamoa ham uch ochko olish maqsadida astoydil xarakat qilishi aniq. Lekin biz ham qarab turmaymiz. Maqsadimiz muxlislarimizni quvontirish.

- O'yinga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Endi hammasini o'yin ko'rsatadi, - deydi Valijonov.

"Andijon" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia