Otabek Shukurov Londonda muvaffaqiyatli operaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
17 apr 2019, 16:50
O'zbekiston terma jamoasi va BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov "China cup-2019" xalqaro musobaqasidan o'rin olgan Xitoyga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

Keyinchalik tekshiruvlar natijasida Shukurovning boldir suyagi pastdan singani ma'lum bo'ldi. "Sharja" klubi shifokorlari Otabek Shukurovning jarohatini ko'zdan kechirib, Londonda operaciya orqali davolashga qaror qilishgandi.

Qayd etish kerakki, milliy terma jamoamiz yarim himoyachisining operaciyasi muvaffaqiyatli o'tdi. Operaciyani angliyalik tajribali jarroh Mark Devis o'tkazdi. Endilikda u qo'shimcha muolajalar orqali tezroq safga qaytishga harakat qilmoqda.

Bugun Otabek Shukurovning jamoasi BAA milliy chempionatida "Al-Ayn" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o'yin oldidan Shukurov jamoadoshlariga omad tilab, yo'llagan videomurojaati "Sharja" klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilindi. Videomurojaatda Shukurov tez orada yanada kuchliroq bo'lib maydonga qaytishini aytib o'tgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz