Otabek Jo'raqo'ziev: "Maqsadimiz – Osiyo Kubogida chempionlikka erishish"

Sherzod Nurmatov
26 may 2022, 12:59
Kecha Timur Kapadze qo'l ostidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Bekoboddagi "Markaziy" stadionida tojikistonliklarga qarshi sinov-nazorat uchrashuvida qatnashdi.

U-23 Osiyo Kubogi oldidan o'tkazilgan so'nggi nazorat bahsida O'zbekiston Olimpiya jamoasi Tojikiston Olimpiya terma jamoasi ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Uchrashuvdan so'ng O'zbekiston U-23 terma jamoasi hujumchisi Otabek Jo'raqo'ziev fikrlarini bildirdi. 

- O'yin haqida

- U-23 Osiyo Kubogi oldidan Tojikiston U-23 ga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushdik. Yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Xudoga shukrki, g'alaba qozondik. Bahsgacha tojikistonliklarning o'yinini ko'rib, kamchiliklarini aniqlab olgandik. 

- O'zbekiston teng kuchli 2 ta tarkibga ega. Tojikiston bilan o'yinda ham buning guvohiga aylandik. Termamiz o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?

- Albatta, 2 ta teng kuchli tarkibga egamiz. Hamma futbolchilarimiz Superliga jamoalarining asosiy o'yinchilari hisoblanishadi. Xudo xohlasa, maqsadimiz – Osiyo Kubogida chempionlikka erishish.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 termasi Osiyo Kubogidagi ishtirokini 1 iyun kuni Turkmanistonga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Mazkur bahs "Paxtakor" stadionida 20:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia