Ot aylanib qozig'ini topadi

1 apr 2018, 23:12
Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko faoliyatini Stavropolning “Dinamo” jamoasi tarkibida davom ettiradi.

Pavlyuchenko professional faoliyatini aynan “Dinamo”da (1998-1999) boshlagan.

36 yoshli futbolchi yangi amoasi tarkibida 8 aprel kuni debyut uchrashuvini – “Armavir” jamoasiga qarshi o'tkazishi mumkin.

“Klubimiz rahbariyati barcha tarbiyalanuvchilarimizni o'z safimizga qaytarishga qaror qilgan. Roman ham katta futbolga ilk qadamlarini shu yerda qo'ygan. O'ylashimizcha, u hali yana jamoamizga foydasi tegadi”, deydi klub direktori Andrey Stejko.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Динамо" (Ставрополь) ФК расмий сайти