Oston O'runov "Navbahor" bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2023
"Navbahor" yarim himoyachisi Oston O'runov Namangan klubini tark etmoqda.

Futbolchi bu haqda Instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.

"The end! Spasibo za vsyo "Navbahor" - deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqqa yuklagan surati ostiga.

Oston O'runov joriy mavsum barcha turnirlarda "Navbahor"ning 35ta o'yinida ishtirok etib, 14ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

Katta ehtimol bilan futbolchi yangi yilda chet el klubiga o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia