Oston O'runov Kosta-Rika bilan uchrashuvda qatnashmaydi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2022, 12:26
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar qildi.

"Ertaga Koreya Respublikasidagi yig'inning so'nggi kuni doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. 

Terma jamoamiz a'zosi Oston O'runov oilaviy tadbir sabab ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. 

Futbolchimiz murabbiylar shtabi ruxsati bilan Toshkent shahriga qaytdi", – deyiladi O'FA xabarida.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Kosta-Rika uchrashuvi 27 sentyabr Toshkent vaqti bilan 11:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати