Oston O'runov: "Bu rasm bunchalik mavzu qilinishini kutmagandim"

Mirjalol Normatov
19 noya 2020, 23:58
"Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runov instagramga qo'ygan rasmi haqida gapirdi.

- Oston, siz uchun Moskvadagi eng yaxshi joylar qaysi? Iltimos, ro'yxatga futbol maydoni va "Otkritie Arena"ni qo'shmang.
- To'g'risini aytsam, Moskvani aylanib chiqish uchun vaqt bo'lmayapti. Chunki tiklanish uchun mashg'ulot qilyapman. Biroq menga "Levantin" va "O'zbekiston" restoranlari juda yoqdi.

- Uchinchisini bilaman. Bu GUM!
- (kuladi).

- To'g'ri topdimmi? Chunki sizning instagramga qo'ygan rasmingiz katta tarixga aylandi.
- Rasmni o'zim uchun qo'ygandim. U bunchalik katta e'tiborga olinishini kutmagandim. Do'stlarim qo'ng'iroq qilib, rasmni o'chirib tashlashimni so'rashdi.

- Bu borada sizga Gazizov qo'ng'iroq qildimi?
- Yo'q.

- Xo'sh, balki qandaydir gaplarni gapirgandir.
- Aynan ushbu rasm uchun qo'ng'iroq qilmadi. Mashg'ulotlarda ko'rishib qolganimizdan keyin u mening oldimga kelib: "Ajoyib rasm", dedi. Albatta, xazil tariqasida. Shundan keyin boshqa bunday rasmlarni qo'ymasligimni maslahat berdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sports.ru