O'smirlarimizni qo'llab-quvvatlaylik!

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 11:18
Mana, Birlashgan Arab Amirliklari bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chepionatining dastlabki besh kunligi ham ortda qoldi.
O'z ota-onasi va yaqinlaridan uzoqda turib, Vatanimiz shanini munosib ximoya qiladigan yoshlarimizga O'zbekistondan turib minnatdorchilik bildirib qolamiz! Men boshqa guruhda joylshagan bo'lib o'tgan uchrashuvlarni muhokama qilmoqchi emasman hamda bu uchrashuvlarga to'xtalmoqchi ham emasman. Bu maqolamda yoshlarimizga bo'lgan ishonchimizni hamda qanaqadir manoda yoshlarimiz bilan birga xoh mehmonxonada bo'lishsin, xoh stadionda BIZ ular bilan birga ekanligimizni bildirmoqchiman. Ha, bizni yoshlar Osiyo chempionligini qo'lga kiritishgan, kelajakda qo'rqmasdan aytolishimiz mumkin, milliy terma jamoamiz tarkibida maydonga tushib O'zbekiston futbolini Osiyoga yana bir bor kanaka kuchga ega ekanligni ko'rsatib ko'yishadi!

Hurmatli yurtboshimiz aytganlaridek hech bir narsa sportchalik vatanimizni dunyoga tanita olmaydi! Shunday ekan har bir O'zbekiston fuqarosiga, yaratib berilgan imkoniyatlardan foydalanish, jahon arenalariga chiqish eshiklari ham doim ochiq.

To'g'risini aytadigan bo'lsam, championat.asia saytiga bugunchalik hech qachon ko'p e'tibor qilmaganman, kaysi manoda deysizmi? Mana shu yoshlarimiz va ularni raqiblari to'g'risida to'liq ma'lumot olish maqsadida va bo'lib o'tadigan uchrashuvlarni taqqoslab, ikkala jamoa imkoniyatlarni o'rganish maqsadini nazarga tutayapman. Panama bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng, yoshlarga bo'lgan ishonchimiz ancha ortdi. Lekin ushbu gruxda Marokash hamda Xorvatiya uchrashuvidan keyin yana e'tiborimizni yoshlarimizga qaratishimizga to'g'ri keldi. Sababi keyingi uchrashuv Marokash bilan bo'lib o'tishi va Marokash Xorvatiyani qanday axvolga solib qo'ygani futbol saytlarida bizga ma'lum qilindi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsam kecha “SA” da chop etilgan Marokash safida O'zbekistonga qarshi 9 nafar legioner o'ynaydi  sarlavhali ma'lumotlarni o'qib, o'ylanib qolishga majbur bo'ldim. Marokashning deyarli 80 foiz o'yinchisi Yevropani grand jamolarida to'p surishar ekan. Ha, 2-tur biz uchun ancha qiyin bo'lishiga biz deyarli aniq ishondik va ich-ichimizdan yutqazgan taqdirimizda ham Xorvatiyani yutsak keyingi bosqichga chiqamiz deb Marokash bilan bo'ladigan uchrashuvga uch ochkoni beramizda lekin, ikkinchi va uchinchi o'rinni olishimiz saqlanib qolishiga ishonib uchrashuvni tamosha qildik.
   
2-tur ham o'z nihoyasiga etdi, tele ekran orqali ushbu uchrashuvni tomosha qildim, balki men adashgandirman lekin, yoshlarimiz yutqazib qo'ysak uch ochkodan mahrum bo'lamiz qabilida emas balki yutqazganimizdan keyin O'zbekiston axliga qay yuz bilan qaraymiz deb o'ylab to'p tepishgani shundoq ko'rinib turdi. Bu vatan hissi! Marokash to'sig'idan o'tildi o'tilganda ham durang bilan o'tdik. Bu biz uchun etarli. Uchrashuni hammamiz ko'rdik keling tan olaylik Marokash bizdan kuchli edi sabablarini esa yuqorida keltirib o'tdim.

Dilshod Nuraliev shogirdlariga va ushbu murabbiyni o'zlariga O'zbekistondan turib shuni aytmoqchiman-ki, O'zbekiston hammamizniki, Sizlar mag'lubiyatga uchrasangiz bilarni esa yuragimiz aziyat chekadi. Sizlar g'alaba qozonsangizlar biz mag'rurlanamiz! Ishoninglar, har daqiqada har onda biz muxlsilar faqat Sizlar bilan birgamiz! Yaratganga shukronalar bulsin-ki jamoamiz o'ta qiyin bo'lagan uchrashuvda jarohatlarsiz hamda ogohlantirishlarsiz keyingi turga o'tib oldi. Nasib bo'lsa aeroportda Sizlarni, yoshlarimiz jahon chempioni bo'lishdi deb qo'llarizda kubok bilan kutib olish biz muxlislarga nasibi ro'za aylagan bo'lsin!

Xulosa o'rnida shuni aytmoqchimanki, Biz muxlislarga Sizlarni g'olib bo'lib vatanimizga kaytib kelishlaringiz suv va havodek zarur! Yaratgan Sizlarni o'z panohida asrasin, omad hech qachon tark etmasin!

Adhamjon Asadov (-MaN-UniteD-)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia