O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati: Chorak finalda Suriya bilan o'ynaymiz

Aziz Tukhtamuradov
11 sen 2014, 20:06
Tailandda bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati "D" guruhida o'yinlar yakunlandi.

Eron hamda Suriya o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda suriyalik o'smirlar 2-1 hisobida g'alaba qozonib, o'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egalladilar. Aynan suriyaliklar chorak finalda O'zbekiston terma jamoasiga raqiblik qiladilar. Ushbu o'yinda g'alaba qozongan terma jamoa yarim final yo'llanmasi bilan birgalikda jahon chempionatida ishtirok etish huquqini ham qo'lga kiritadi.

Guruhda birinchi o'rinni esa Eron terma jamoasi muddatidan oldin hal qilib bo'lgandi.

Eron 1–2 Suriya
Saudiya Arabistoni 1-1 Qatar

O'zbekiston - Suriya o'yini 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

Qolgan juftliklar:

Janubiy Koreya - Yaponiya
Avstraliya - Malayziya
O'zbekiston - Suriya
Eron - KXDR

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia