Oskar: "Diego Kosta bilan mushtlashmadik"

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2016, 10:23
"Chelsi" yarim himoyachisi Oskar so'nggi mashg'ulotda jamoa hujumchisi Diego Kosta bilan mushtlashgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.

Oldinroq britan OAV Oskar Kostaga nisbatan jiddiy qo'pollik ishlatgani uchun ispaniyalik unga bundanda qo'polroq qoidabuzarlik qo'llagani va ushbu voqeadan so'ng ikki futbolchi o'rtasida mushtlashuv yuzaga kelganini ma'lum qilgan edi.

"Men va Diego Kosta o'rtasida janjal kelib chiqdi deganlar yolg'on gapirgan. U mening eng yaxshi do'stlarimdan biri va biz hech qachon mushtlashmagan bo'lar edik" - deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/oscar8