Osiyo transferlari. Sardor Rashidov Ahmad Xalil bilan bitta klubda o'ynaydi

Xayrulla Xoliqov
17 iyul 2017, 15:10
Quyida Osiyo futboliga oid eng muhim transferlarni keltirib o'tamiz.

Quyida Osiyo futboliga oid eng muhim transferlarni keltirib o'tamiz. 

- Ummonlik mashhur darvozabon Ali Al Habsi Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U bungacha Angliyaning "Riding" klubida o'ynab kelayotgandi. 

- Yaqinda hamyurtimiz Sardor Rashidov bilan shartnoma tuzgan "Al Jazira" endilikda Ahmad Xalilniyam o'z safiga qo'shib oldi. BAA terma jamoasi hujumchisi 11 yillik faoliyatdan so'ng "Al Ahli"ni tark etib, Abu Dabi klubiga yo'l oldi.  

- Yaponiyalik Keysuke Xonda Meksikaning "Pachuka" klubiga ko'chib o'tdi. U bungacha "Milan" tarkibida to'p tepib kelayotgandi. Ma'lumot uchun, 31 yoshli Xonda 2011 yilgi Osiyo chempionatida "Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan.


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com