Osiyo o'yinlari. Bugun futbolchilarimiz Qatarga qarshi bahs olib boradilar

Aziz Tukhtamuradov
16 avg 2018, 09:41
Indoneziyada XVIII Osiyo o'yinlarining futbol bo'yicha bahslari boshlanib ketgan.

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlarining birinchi turida Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Futbolchilarimiz bugun ikkinchi tur doirasida Qatar terma jamoasi a'zolariga qarshi bahs yuritadilar.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da Bagordagi "Pakansari" stadionida boshlanadi.

Osiyo o'yinlari. "B" guruhi
Jakarta. Bagor. "Pakansari" stadioni. 17:00
Qatar - O'zbekiston


Guruhdagi ikkinchi o'yin esa Bangladesh va Tayland terma jamoalari o'rtasida kechadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olympic.uz