Osiyo Kubogi U-23. Guruhdoshlarimiz Eron va Qatar o'rtasidagi o'yinda durang qayd etildi

Alisher
1 iyun 2022, 19:55
Osiyo Kubogi U-23 "B" guruh 1-tur doirasidagi Eron - Qatar o'yini bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda hisob 87-daqiqada qatarliklar tomonidan ochildi. Ahmed Muhamad Al Ganexi tomonidan urilgan gol Qatarga g'alaba keltirishi kutilgandi. Ammo 90-daqiqada forslar vakili Irfan Shahriari muvozanatni tikladi - 1:1.



Eron - Qatar 1:1  

Hakamlar: Yusuke Araki, Isao Nishixasi, Takumi Takagi (barchasi Yaponiya), Ali Sabax Al-Kaysi (Iroq)

Komissar: Matcha Asif Ansar (Shri-Lanka)

VAR hakami: Fu Min (Xitoy)

VAR yordamchi hakami: Yudai Yamamoto (Yaponiya)

Gollar: Irfan Shahriari 90 - Ahmed Muhammad Al Ganexi 87

Eron U-23: 22. Parsa Jafari , 2. Maxdi Xashemnejad, 3. Milad Kor, 4.Saman Fallax , 7. Muhammad Xodabandexlo, 9.Amirali Sodiqi, 10. Yasin Salmani, 11.Ahmad Shariat Zade, 14. Amir Jafari Seygalani, 16 .Muhammad Gorbani, 23. Arya Yusefi.

Qatar U-23: 12. Sala Zakariya , 2.Ali Malola, 5.Yusef Ayman Faraxat, 6.Osama Abdulkarim Altairi, 7. Abdulrashid Umaru, 8. Mustafa Tarek Mashal, 9. Yusuf Abdurisag, 10. Xashim Ali, 12. Abdulla Essa As-Sulaiti, 15, Jasem Gaber Abdulsallam, 19. Axmed Suxayl.


 




O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia