

Ikkala yig'in Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tadi. Birinchi yig'in 28 noyabrdan 12 dekabrga qadar davom etadi. Ikkinchi yig'in esa 18-30 dekabr oralig'ida o'tkaziladi. Bu haqda Turkmaniston futbol Federatsiyasi matbuot xizmati championat.asia saytiga ma'lum qildi.
Ushbu yig'in doirasida terma jamoa bir qator o'rtoqlik va nazorat uchrashuvlari o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Turkmaniston Osiyo Kubogi guruh bosqichida Yaponiya, O'zbekiston va Ummon bilan o'ynaydi.



