Osiyo kubogi. Qizlarimiz tarixiy natijani qayd etishdi

9 apr 2026, 08:45
Kecha qizlar o'rtasidagi U-20 Osiyo kubogining uchinchi tur bahslari yakunlandi.

Ushbu turda terma jamoamiz Iordaniyaga qarshi bahs olib bordi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa, O'zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi o'z tarixida birinchi marotaba Osiyo kubogi musobaqasining chorak finaliga yo'l oldi.

Ushbu bosqichda jamoamizga Xitoy U-20 terma jamoasi raqiblik qiladi. Jahon chempionatiga bir qadam qoldi. Olg'a O'zbekiston!

O'xshash yangiliklar


Manba: @ayollar_futboli