Osiyo Kubogi: Guruhimizdagi dastlabki nimchorak final ishtirokchisi ma'lum bo'ldi

13 yanv 2019, 20:30
Osiyo Kubogi doirasidagi 2-turdan o'rin olgan Ummon - Yaponiya uchrashuvi yakunlandi.

"F" guruhida ikkinchi turning ilk uchrashuvida dastlabki nimchorak final ishtirokchisi nomi ma'lum bo'ldi. Yaponiya hakam tomonidan noto'g'ri belgilangan penalti evaziga Ummonni mag'lub etdi.

Natijada ikki o'yinda 100% natija qayd etgan samuraylar keyingi bosqich masalasini muddatidan avval rasmiylashtirishdi.

Guruhning navbatdagi o'yini birozdan so'ng Dubaydagi "Rashid" stadionida bo'lib o'tadi. Unda terma jamoamiz Turkmanistonga qarshi bahs boylaydi. Mazkur uchrashuvdagi g'alaba bizga guruhning ikkinchi nimchorak finali chiptasini taqdim etadi.

Dastlabki ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchragan Ummon esa hali nazariy jihatdan eng yaxshi uchinchi o'rinlarga taqdim etiladigan 4 yo'llanmadan biriga kurashish imkoniyatini saqlab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia