Osiyo Kubogi-2023 saralashi. Asosiy raqibimiz O'zbekistonga kelishdan oldin uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
12 may 2022, 15:22
Iyun oyida Osiyo Kubogi saralash bahslari bo'lib o'tadi.

"C" guruhi saralashi bahslari 8-14 iyun oralig'ida Namangan shahrida o'tkaziladi. Guruhdagi asosiy raqibimiz Tailand terma jamoasi yurtimizga kelishdan oldin uchta o'rtoqlik-nazorat uchrashuvi o'tkazishini e'lon qildi.

24 may kuni Tailand terma jamoasi Bahraynga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Bu o'yin FIFA ro'yxatiga qo'shilmaydi va istalganicha o'zgarish mumkin bo'ladi.

27 may kuni Tailand Turkmaniston bilan FIFA kuni doirasida rasmiy o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bahs Sisaket shahrida bo'lib o'tadi va 6tagacha o'zgarish mumkin bo'ladi.

31 may kuni Tailand Bahrayn bilan FIFA kuni doirasida rasmiy o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin Patum Tani shahrida o'tkaziladi va 6tagacha o'zgarish mumkin bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia