Osiyo Kubogi-2019. Terma jamoamiz "Hili Rayhaan Rotana" mehmonxonasiga joylashdi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2019, 02:32
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Al-Ayn shahriga yetib kelib, "Hili Rayhaan Rotana" mehmonxonasiga joylashishdi.

Tashkiliy qo'mita a'zolari va mehmonxona vakillari delegaciyamiz a'zolarini juda iliq kutib olishganini ham alohida ta'kidlab o'tish kerak.

Eslatib o'tamiz, 17 yanvar kuni "Xalifa bin Zayd" stadionida O'zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichining so'nggi o'yinida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz