Osiyo Kubogi-2019. Hindistonning musobaqa uchun formasi namoyish etildi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2018, 12:14
Hindiston milliy terma jamoasi BAAdagi Osiyo Kubogida ishtirok etadi.

Kecha Hindiston terma jamoasining qita chempionati uchun formasi namoyish etildi. Ajoyib tarzda tashkil etilgan taqdimot marosimida terma jamoa futbolchilari va bosh murabbiy ishtirok etdi.

Uy formasi havorang, safar formasi oq rangda tayyorlangan. Terma jamoaning texnik homiysi Six5Six kompaniyasi hisoblanadi. Bu haqda Hindiston futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia