Shu sababli Chempionlar ligasi musobaqasi va Osiyo Kubogi ko'plab mamlakatlarda avvalgidan ko'proq qiziqish uyg'otmoqda. Biroq bundan bir necha yillar oldin OFKni antiqa qarorlar qabul qilishi sababli ko'p bor tanqid qilardik. Endi esa o'sha paytdagi voqealarni eslash kishida faqat kulgu uyg'otadi. Shuningdek, bazida o'ta yomon siyosiy munosabatlarga ega bo'lgan terma jamoalar o'rtasidagi bellashuvlar kuzatilishi keskin vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Biz avval kuzatilgan bazi ajobtovur holatlar haqida muxlislarga hikoya qilib o'tishni lozim topdik.
“ELIMAY” MOJAROLARI
1995 yil
Neftchi - Elimay - 3:1
Gollar: Zavalnyuk, Fyodorov, Lebedev – Klimov.
22 sentyabr
Elimay - Neftchi - 4:1
Gollar: Miroshnichenko 4 – Andreev.
Dastlab 1995 yil Osiyo klublari chempionati (o'sha paytda Osiyo Chempionlari Kubogi deb yuritilgan) birinchi bosqichida yuz bergan vaziyat haqida. O'shanda mamlakatimiz chempioni Neftchi Qozog'istonning o'zi singari gegemon sanalgan Elimay jamoasiga qarshi maydonga chiqqan. Semipalatinskliklar o'sha yillari MDH Chempionlari Kubogida ham kuchli raqiblarga jiddiy qarshilik tug'dirishgan. Uchrashuvlardan avval Neftchining imkoniyati ko'proq baholangan. Chunki o'sha yilning boshida Yuriy Sarkisyan shogirdlari Osiyoda faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritishgan. Farg'onada kechgan bahs mezbonlarning ustunligi ostida kechgan. Zavalnyukning goliga mehmonlardan Klimov javob qaytargan bo'lsa-da, keyin Fyodorov va Lebedev tomonidan kiritilgan to'plar Neftchiga o'z maydonida 3:1 hisobida g'alaba keltirgan. Shu sababli javob uchrashuvdan avval jamoamizning navbatdagi raundga chiqishi 90 foiz atrofida bashorat qilingan. Lekin javob bellashuvida ro'y bergan holatlar hamyurtlarimiz uchun ayanchli yakunlangan. Sepipalatinskdagi Spartak stadionida kechgan bahs teng kurashlar bilan boshlangan. Mezbonlarning xavfli hamlalariga farg'onaliklar keskin hujumlar yordamida javob qaytarishgan. Xullas, birinchi bo'limdan so'ng ham Neftchining ikkinchi bosqichga chiqishiga ko'pchilik muxlislar shubha qilishmasdi. Biroq ikkinchi bo'limda bosh hakam qahramon sifatida gavdalangan. U mezbonlarning zafar quchishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirgan. Elimay ishtirokidagi hujumlar o'yin qoidasini buzish va ofsayddan keyin ham davom etgan, mezbonlar juda ham ko'p bor qulay nuqtalardan jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo'lishgan. Miroshnichenkoning goliga Andreev javob qaytargan bo'lishiga qaramay, aynan hakam yordamida Miroshnichenko yana ikki to'p kiritib, hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirgan. 1995 yil qozog'istonning eng yaxshi futbolchisiga aylangan Andrey shu tariqa bahsning qo'shimcha vaqtga o'tishiga sababchi bo'lgan. qo'shimcha vaqtda esa yana Miroshnichenko bir gol urib, Elimayga 4:1 hisobida yutuq keltirgan. Shunday qilib, Semipalatinsk klubi ikkinchi raundga yo'llanma olgan. Hakamning mezbonlarga ochiqchasiga maydon egalariga yon bosishiga asablari dosh bermagan farg'onaliklar esa hakamga tashlanishgan. Bosh hakamni do'pposlaganliklari uchun Andrey Fyodorov va Nematillo quttiboev esa tegishli ravishda 2 va 3 yilga katta futboldan chetlatilgan. Natijada ushbu futbolchilar shuncha vaqt davomida futboldan chetda qolishgan. Ushbu voqea ro'y bermaganda Fyodorov keyingi mavsumdayoq Rossiyaga yo'l olishi mumkin edi. Oqibatda Fyodorov ham, quttiboev ham yanada saviyali futbolchiga aylanish imkoniyatidan mahrum bo'lishgan. Hakam yordamida navbatdagi raundga chiqqan Elimayga esa noyabr oyida bu ikki baravar kulguliroq tarzda qaytgan.
13 oktyabr
Al Nasr - Elimay - 1:0
Gol: Al Fahad.
17 noyabr
Elimay - Al Nasr (o'tkazilmagan)
13 oktyabrda Ar Riyodda Al Nasr mehmoni bo'lgan Elimay hal qiluvchi guruh bahslariga yo'l olish uchun ushbu jamoa to'sig'idan o'tishi zarur edi. Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan bellashuvda Al Fahad urgan gol yagonaligini saqlab qolgan. Javob bahsi esa saudiyaliklarning iltimosiga ko'ra, kechiktirilib, 17 noyabrga ko'chirilgan. Biroq ushbu sanaga belgilangan uchrashuv ham o'tkazilmasdan qolib ketgan. Chunki Al Nasr maydonga chiqishdan bosh tortgan. O'yin kuni Semipalatinskka yetib kelgan riyodliklar bellashuvning boshlanish vaqtiga besh soat kechikishgan. Shunga qaramay, Elimay va jamoa muxlislari stadionda raqibni shuncha soat mobaynida kutib o'tirishgan. 15 daraja sovuqda 20 ming ishqiboz uchrashuv boshlanishini kutishgan. Lekin mehmonlar o'yinni ertasiga o'tkazishni taklif qilishgan. OFK vakillari esa yakuniy qaror qabul qilishni mezbonlarga qoldirishgan. Lekin Elimay uchrashuvni yana bir kunga qoldirishga rozi bo'lmaydi. Shunday qilib, javob uchrashuvi o'tkazilmaydi. Musobaqa reglamentining 15-bandiga muvofiq, safarga chiqqan, biroq maydonga tushmagan jamoaga texnik mag'lubiyat yozilishi, 1 yilgi xalqaro musobaqalardan chetlashtirishi va 10 ming AQSH dollari miqdorida jarima to'lashi belgilangandi. Lekin o'zi chiqargan reglamentga amal qilmagan OFK Al Nasrga nisbatan hech qanday jazo choralari ko'rmagan. Aksincha, o'tkazilmasdan qolgan bahsga 0:0 hisobida durang natija yozib, navbatdagi raundga aynan saudiyaliklarni yo'llashgan. Qozog'istonliklar tarafidan OFKga yozilgan shikoyat xati esa inobatga olinmagan. Ha, birinchi bosqichda hakamdan yordam olgan yon qo'shnilarimiz ikkinchi raundda OFKning qarori tufayli pand eb qolishgan.
O'TKAZILMAGAN UCHRASHUVLAR
Ikki marta esa jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlar o'tkazilmagan. Bunga esa Tojikistonda sodir bo'lgan fuqarolar urushi sabab bo'lgandi. Dastlab “Neftchi” Kattaqo'rg'onning “Vaxsh” klubiga qarshi o'ynashni istamagan. Keyingi yil buni “Do'stlik” davom ettirgan. O'shanda OFK jamoamizga 10 ming dollar jarima ham solgandi. Keyinchalik shunday holatlar yuzaga kelganda, yani siyosiy notinchlik tufayli xavfsizlikni taminlash muammo bo'lib turgan bir paytda o'yinni boshqa mamlakatga ko'chirish tajribasi qo'llanila boshlandi.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni va Tailand o'rtasidagi sovuqlashgan munosabat tufayli e'tiborli holatlar ro'y bergan. Qirol oilasiga tegishli qimmatbaho toshlarning o'g'irlanishi sababli kelib chiqqan mojaro natijasida Saudiya Arabistoni qirolligi Tailand bilan munosabatlarni butunlay uzishga qaror qilgan. Natijada 1999-2000 yilgi mavsumda Osiyo Kubok egalari Kubogida yarim finalga chiqqan “Al Ahli” Tailanddagi bahslarga borishni istamagan. Natijada bu jamoa o'rniga “Navbahor” qatnashgan. Chorak finalda “Ahli” “Navbahor”ni ikki uchrashuvda 6:3 hisobida dog'da qoldirgandi. Ko'p yillar mobaynida bu mamlakatlar klublari va terma jamoalari to'qnash kelmagandi. Faqat milliy terma jamoalar saralash bahslarida maydonga tushishlariga to'g'ri kelib, Saudiya Arabistoni Tailandga tashrif buyurdi.
Behzod NAZAROV.