Osiyo futboli: Saudiya Arabistoni 23-turi haqida

Narzulla Saydullayev
19 apr 2015, 10:31
Saudiya Arabistoni ligasida 23-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Bu tur natijalariga ko'ra turnir jadvalida deyarli o'zgarishlar sodir bo'ldmadi.

“Al Nasr” chempionlik sari yana bir qadam tashlagan bo'lsa “Al Ahli” ham sira bo'sh kelmayapti.

Umuman olganda hozir Saudiyada chempionlik uchun kurash klublarimizning OCHL guruh bosqichidagi raqiblari “Al Nasr”, “Al Ahli” va “Al Hilol” jamoalari o'rtasida kechmoqda.

“Paxtakor”ning OCHL dagi raqibi “Al Shabab” klubi esa keyingi mavsum uchun OCHL yo'llanmasidan umidini uzib bo'lgan. Autsayderlar o'rtasidagi kurash ham chakki emas. So'nggi o'rinda turgan jamoalar bir g'ayrat qilib xavfli zonadan yuqori ko'tarilib olishlari mumkin.

23-tur natijalari bilan tanishing:
“Al Taavon” 1-1 “Al Shabab”
“Al Nasr” 3-0 “Hajr”
“Al Hilol” 3-0 “Al Ittihod” (Jidda)
“Al Oruba” 2-0 “Al Shoalah”
“Najran” 1-1 “Al Fath”
“Al Halej” 3-0 “Al Raed”
“Al Faysali” 1–4 “Al Ahli”

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Al Nassr FC23183256 - 193757
2Al Ahli23167051 - 193255
3Al Hilal23155340 - 142650
4Al Ittihad23143635 - 26945
5Al Shabab23106731 - 27436
6Al-Faisaly2386927 - 31-430
7Al Fateh FC23761031 - 37-627
8Al-Taawon23751133 - 36-326
9Al Khaleej23571123 - 34-1122
10Hajer22641223 - 46-2322
11Najran SC22631324 - 33-921
12Al-Raed23631428 - 41-1321
13Al-Orobah FC23451421 - 38-1717
14Al-Shoalah23451421 - 43-2217


To'purarlar:
Umar Al Soma (“Al Ahli”) – 22
Muhammad Al Sahlavi (“Al Nasr”) – 19
Naif Hazazi (“Al Shabab”) – 14 


Ulug'bek Xudoyberganov tayyorladi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia