

Endilikda federatsiya rahbariyati yangi murabbiy qidirishni boshlab yubordi. Eron Sport va yoshlar vaziri Maziar Nazemining aytishicha, uch nafar murabbiyning nomzodi o'rganib chiqilmoqda. Bular - Yurgen Klinsmann, Joze Mourinyo va Zinedin Zidan.
Ma'lum bo'lishicha, bunday taklifdan xabar topgan Mourinyo shu zahoti rad javobini bergan. Terma jamoani kim boshqarishini esa vaqt ko'rsatadi.



