Osiyo futboli. Eron o'rtoqlik uchrashuvi borasida Tunis bilan kelishib oldi
Xayrulla Xoliqov
28 apr 2019, 12:17
Eron terma jamoasi navbatdagi JCH saralash bosqichiga jiddiy tayyorgarlik ko'rish maqsadida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirmoqda.
Jumdadan, bu jamoa 7 iyun kuni Tunis bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib oldi. O'yin Tunisda o'tkazilishi kutilmoqda. Shuningdek, Eron iyun oyida Janubiy Koreya bilan ham bellashishni maqsad qilgan.