Osiyo futboli. Eron hozircha VARdan voz kechdi

Xayrulla Xoliqov
13 fev 2019
Eron futbol federatsiyasi milliy chempionat o'yinlarida VARdan foydalanishni maqsad qilgandi.

Hatto bu haqda federatsiya rahbari Mehdi Taj jurnalistlarga rasmiy ma'lumot ham bergandi. Ammo mutasaddi rahbarlar hozircha bunday fikrdan voz kechishdi. Bunga sabab har bir uchrashuvda hakamlar tomonidan yo'l qo'yilayotgan xhatolarning ko'pligida.

Federatsiya prezidenti dekabrda VAR to'rtta stadion - Tehrondagi "Ozodi", Isfahondagi "Naqshi Jahon", Ahvazdagi "Fulad Arena" hamda Mahshaddagi "Imom Rizo"da ishlashini aytib o'tgandi.

Lekin shu paytgacha VAR hech bir stadionda sinab ko'rilmadi. Avvalgi turda o'tkazilgan "Fulad" - "Persepolis" 2:1 va "Nassaji Mazandaran" - "Traktorsozi" 1:1 bahslarida hakamlar "Persepolis" bilan "Traktorsozi" zarariga ishlagan bir nechta qarorlar qabul qilishdi. Bu esa ikki klubning noroziligiga olib keldi.

Federatsiya milliy chempionatda VAR qo'llanilsa har bir o'yinda ko'p marta to'xtalish bo'lishini, buning oqibatida o'yin sekinlashib qolishini aytmoqda. Shu bois Eron chempionatida hozircha VAR ishlatilmaydi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com