Osiyo chempionlariga "Lacetti Gentra" avtomobili kalitlari topshirildi

Omonjon To`xtamirzayev
20 mar 2023, 12:51
"Bunyodkor" stadionida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Xabaringiz bor, U-20 Osiyo Kubogida Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz chempionlikni qo'lga kiritdi. Bugun, 20 mart, g'oliblarni munosib taqdirlash maqsadida Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida maxsus marosim tashkillashtirilgan. 

Tadbir Sevara Nazarxonning "Ulug'imsan vatanim" qo'shig'i bilan yakunlandi.  

Jamoa a'zolariga sovg'a sifatida umumiy hisobda 33 ta "Lacetti Gentra" avtomashinalari kalitlari topshirildi. 

O'z navbatida, "Championat.asia" sayti tahririyati, o'quvchilari va millionlab futbol ishqibozlari nomidan chempionlarga sovg'a muborak bo'lsin, g'alabalaringiz davomli bo'lsin, - deb qolamiz.   







O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia