Osiyo Chempionlar ligasining ikkinchi finalchisi nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018, 18:31
Bugun, 24 oktyabr kuni Janubiy Koreyada "Suvon Samsung Bluvings" va "Kashima Antlers" o'rtasida Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalining javob o'yini bo'lib o'tdi.

Yaponiyada, "Kashima" maydonida o'tgan yarim finalning ilk uchrashuvi 3:2 hisobida yaponlarning g'alabasi bilan yakunlangan edi. Javob uchrashuvi ham gollarga boy bo'ldi.

Uchrashuvdagi birinchi gol Yaponiya klubi vakili Shuto Yamamoto hisobiga yozildi. U o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'lim 0:1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi bo'limda "Suvon Samsung" raqibni shoshirib qo'ydi va 8 daqiqa ichida 3ta gol urishga erishdi. Lim Sang Xyub, Song Jin Cho va Deyan Damyanovichning gollari hisob 3:1 ko'rinishiga kelishini taminladi. 64-daqiqada "Kashima Antlers" futbolchisi gol urdi. Daigo Nishi oradagi farqni bittaga qisqartirdi. 3:2. O'yin taqdirini mehmon jamoa futbolchisi Serjino hal qildi. 84-daqiqada u tomonidan urilgan gol yaponlarni Osiyo Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi.







Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi finali uy va mehmon o'yinlari tizimida o'tkaziladi. "Kashima Antlers" hamda "Persepolis" o'rtasidagi birinchi final 3 noyabr kuni Yaponiyada, navbatdagi o'yin esa 10 noyabr Erondagi stadionda bo'lib o'tadi.

FINAL

3 noyabr. "Kashima Antlers" - "Persepolis"

10 noyabr. "Persepolis" - "Kashima Antlers"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia