Osiyo chempioni “Aral” bilan shartnoma imzoladi

Khoja
9 mar 2024
“Nasaf” himoyachisi Javohir Otamurodov faoliyatini Qoraqalpog'istonda davom ettiradi.

Futbolchi “Aral” bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 20 yoshli himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida “Olimpik” safida o'tkazdi.

O'tamurodov Toshkentda bo'lib o'tgan U-20 Osiyo kubogida O'zbekiston terma jamoasi safida chempion bo'lgandi. U o'tgan mavsum Superliga bahslarida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, uning hisobida U-21 chempionatida 18 ta o'yin bor.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/pfkaral