Osiyo chempionatining yarim final janglarini qanday qilib tomosha qilish mumkin?

Aziz Tukhtamuradov
25 apr 2019, 10:05
Bugun Bangkok shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionatining yarim final bellashuvlari boshlanadi.

Unda 9 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi. Avvalroq, musobaqa yarim finaldan boshlab "UzReport" telekanali orqali namoyish etilishi haqida ma'lumotlar berilgandi. Lekin, rejalarga o'zgarish kiritilgan va janglar ushbu kanal orqali namoyish etilmaydi. 

Bahslarni internet orqali quyidagi havolada tomosha qiling > > > BOKS, YARIM FINALLAR



Eslatib o'tamiz, bugun o'zbek bokschilari ishtirokida quyidagi janglar o'tkaziladi:

Kunduzgi dastur, 12:00dan so'ng:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Mirlan Turkbai Uulu (Qirg'iziston) (B ring)

-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Pedres Bautista (Filippin) (B ring)

-91 kg: Sanjar Tursunov - Hussayn Iashaish (Iordaniya) (B ring)

-69 kg: Shahnoza Yunusova - Xong Gu (Xitoy) (B ring, ayollar)


Kechki dastur, 16:00dan so'ng:

-60 kg: Shukurjon Rahimov - Tsendbaatar Erdenebat (Mo'g'uliston) (B ring)

-69 kg: Bobousmon Baturov - Ashish (Hindiston) (A ring)

+91 kg: Bahodir Jalolov - Muhammad Mulayes (Suriya) (A ring)

-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva - YU-Ting Lin (Xitoy Taypeyi) (B ring, ayollar)

-64 kg: Maftuna Melieva - Kaur Baat (Hindiston) (B ring, ayollar)


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com