Osiyo chempionati U22ga 24 avgust kuni qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2013, 16:13
2014 yil yanvar oyida 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga shanba kuni qur'a tashlanadi.
Ushbu marosim Ummon poytaxti Maskatda bo'lib o'tadi.

Ushbu Osiyo chempionatiga yo'l olgan jamoalar bilan tanishib oling: Avstraliya, Xitoy, Eron, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Quvayt, Myanmar, KXDR, Ummon, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Suriya, BAA, O'zbekiston, Yaman.

22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichi 2014 yil 11-26 yanvar kunlari Ummonda bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia