Orzular amalga oshgan kun. Sven-Yoran Eriksson Liverpul bosh murabbiyi sifatida maydonga tushdi

Khoja
24 mar 2024, 07:59
Bir necha oy avval oqqon kasalligiga chalingani e'lon qilingan Sven-Yoran Eriksson kecha orzusiga erishdi.

U Liverpulni bosh murabbiy sifatida maydonga olib tushdi. 76 yoshli mutaxassis Liverpul afsonalari terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Ayaks afsonalariga qarshi bahsda ishtirok etdi. Ushbu bahsda inglizlar raqiblarini 4:2 hisobida mag'lub etdi.

Menimcha bugun barcha xursand bo'ldi. Ajoyib kun. Biz 0:2 hisobini, 4:2 ga o'zgartira oldik. Meni ko'zimdan yosh oqdi muxlislar qo'shiq aytayotganida. Enfild fantastik stadion. Bugungi kun hayotimda abadiy qoladi, - dedi 76 yoshli murabbiy.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru