O'runov "Spartak"ning "Ximki"ga qarshi o'yinida ishtirok etmaydi

Alisher
16 okt 2020, 16:20
"Spartak" (Moskva) bosh murabbiyi Domeniko Tedesko RPL 11-tur doirasidagi "Ximki"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Ayni damda O'runov jarohat olgan, aniqrog'i uning oyoq mushaklarida muammo bor. U ertangi bahsda qaydnomada bo'lmaydi.

Georgiy Jikiya esa 20 oktyabrga qadar karantinda bo'lishi lozim", - deydi Tedesko.

Eslatib o'tamiz, "Ximki" va "Spartak" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga "Ximki Arena"da 21:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com