O'runov “Spartak”dan ketishni istamayapti. Klub sobiq sport direktori uni “Torpedo”ga taklif qilgan

Eldor Akmurzayev
4 avg 2022, 09:00
Bu haqda “Sport24” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Oston O'runov shartnomasidagi yuqori maosh tufayli “Spartak”dan ketishni istamayapti. U moskvaliklar safida oyiga 50 ming evro ishlab topadi.

Shuningdek, “Spartak” sobiq sport direktori Luka Kattani 21 yoshli futbolchini RPL debyutanti “Torpedo”ga taklif qilgani aytilmoqda.

Oston 2020 yil yozida “Ufa”dan 1 mln evro evaziga transfer qilingan. O'zbekistonlikning “qizil-oqlar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha mo'ljallangan.

O'runov “Spartak” asosiy tarkibida 9 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi. O'tgan mavsumni esa ijara asosida sobiq jamoasi “Ufa”da o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru