O'rtoqlik uchrashuvlari. Bugun Osiyo jamoalaridan kimlar o'ynaydi?

Xayrulla Xoliqov
7 iyun 2019, 14:13
FIFA kunlari munosabati bilan bugun bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Albatta, bizning e'tibor terma jamoamiz ishtirokidagi bahsga qaratiladi. Bugun milliy jamoamiz "Milliy" stadionda KXDRni sinovdan o'tkazadi. Bu Ektor Kuper terma jamoani qabul qilib olganidan beri 14-o'yin bo'ladi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimizdan hujumkor o'yin va chiroyli g'alaba kutib qolamiz. 

Bugun shuningdek, Janubiy Koreya Avstraliya bilan bahs olib boradi. Xitoy o'z maydonida Filippinni qabul qilsa, ikki yon qo'shnilarimiz Tojikiston va Afg'oniston o'zaro kuch sinashishadi. 

O'rtoqlik uchrashuvlari. Bugungi o'yinlar: 

16:00. Janubiy Koreya - Avstraliya

16:35. Xitoy - Filippin 

19:00. Tojikiston - Afg'oniston 

20:00. O'zbekiston - KXDR 

23:00. Tunis - Iroq 

23:30. Slovakiya - Iordaniya

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia