O'rtoqlik uchrashuvidagi raqibimiz Tojikiston shu oyda yig'in o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
18 iyul 2020, 18:36
Tojikiston chempionatida yuzaga kelgan 3 haftalik tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida milliy terma jamoa yig'in tashkil etadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Usmon Toshev ushbu yig'inga 20 nafar futbolchini chaqirishni lozim topdi va mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan 6 kun davom etadi. 

Xabaringiz bor, shu yilning 4 sentyabr kuni O'zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi belgilangan va mazkur o'yin "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.

Yig'inda ishtirok etadigan futbolchilar

Darvozabonlar: Rustam Yatimov ("Istiqlol"), Shoxruh Kirg'izboev ("Lokomotiv-Pomir"). 

Himoyachilar: Tabrezi Davlatmir, Iskandar Jalilov, Zoir Jo'raboev (barchasi – "Istiqlol"), Davron Ergashev ("Bunyodkor", O'zbekiston), Xurshed Beknazarov ("Xo'jand"), Axtam Nazarov ("Bashundara Kings", Bangladesh), A'zamjon Murodov ("Dushanbe-83"), Bilol Sulaymonov (SSKA). 

Yarim himoyachilar: Jahongir Ergashev ("Saif Sporting klub", Bangladesh), Komron Tursunov ("Moxang Bagan", Hindiston), Alisher Jalilov, Ehson Panshanbe (ikkalasi – "Istiqlol"), Ilhom Barotov ("Istaravshan"), Islom Zoirov ("Lokomotiv-Pomir"), Muhammadjon Raimov ("Istiqlol"), Xurshed Abdulloev ("Dushanbe-83").

Hujumchilar: Manuchehr Jalilov, Rustam Soirov, Sheriddin Boboev (barchasi – "Istiqlol"), Dilshod Bozorov ("Xo'jand"), Tohir Maladustov ("Kaganat", Qirg'iziston), Dilovarsho G'aniev ("Regar-TadAZ").

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif