O'rtoqlik uchrashuvi. Ummon Tailandni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2019
Osiyo Kubogi-2019 boshlanishiga oz qoldi.

Bugun Pim Verbek boshchiligidagi Ummon terma jamoasi Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yinda Ahmad Kano va Al Gasani tomonidan urilgan gollar evaziga Ummon 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Eslatib o'tamiz, Ummon 9 yanvar kuni Osiyo Kubogi 1-turida O'zbekiston bilan o'ynaydi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Tailand - Ummon 0:2
Gollar
: Ahmad Kano 25, Al Gasani 55





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia