O'rtoqlik uchrashuvi. Ronaldu maydonga tushgan o'yinda MYU "Rayo Valekano"ni mag'lub eta olmadi

Оқил Абдубарноев
31 iyul 2022, 22:02
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Manchester Yunayted" va "Rayo Valekano" o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Yangi murabbiy boshchiligida "qizil iblislar" tayyorgarlik jarayonini muvaffaqiyatli boshlagandi. Jumladan, "Liverpul" yirik hisobda mag'lub etilgandi. Bugun jamoa so'nggi nazorat bahsida maydonga tushdi. Klub tarkibida so'nggi besh o'yinni o'tkazib yuborgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu ham asosiy tarkibda bahsni boshladi va tanaffusda almashtirildi. Aynan CR7 ning o'rniga maydonga tushgan Diallo ikkinchi bo'lim boshida hisobni ochdi. Biroq ispanlar Garsiyaning goli evaziga javob qaytardi. Shu tariqa, uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi. Eslatib o'tamiz, inglizlar bundan avvalgi o'rtoqlik o'yinida "Atletiko"ga kichik hisobda yutqazgandi (0:1).

"Manchester Yunayted" – "Rayo Valekano" 1:1

Gollar: Diallo (48) - Garsiya (57)

"Manchester Yunayted" – Xiton, Telles, Martines (Bayi, 61), Varan, Lerd, Garner (Iqbol Z, 74), van de Bek, Eriksen (Meybergi, 61), Chong (Xansen-Aaroen, 85), Garnacho (Shoretire, 73), Ronaldu (Diallo, 46)

"Rayo Valekano": Dmitrievski, Fran Garsiya, Katena, Suares, Balliu, Siss, Lopes, Garsiya, Trexo, Palazon, Falkao

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia