O'rtoqlik uchrashuvi. Qatar 2015 yildan buyon yuta olmayotgan Lixtenshteynga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2017, 10:22
Kecha Qatar terma jamoasi o'z maydonida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Dohadagi "Hamad bin Xalifa" stadionida o'tgan o'yinda Lixtenshteyn 2:1 hisobida zafar quchdi. E'tiborlisi bahsning 80-daqiqasida mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishgandi. Ma'lumot uchun, Lixtenshteyn terma jamoasi bunga qadar so'nggi bor 2015 yil mart oyida g'olib bo'lgandi. O'shanda jamoa San-Marinoni o'rtoqlik uchrashuvida mag'lub etgandi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

Qatar - Lixtenshteyn - 1:2 (1:1).

Gollar:
Ahmad Yosir, 6 (1:0). Salanovich, 29 (1:1). Polverino, 90 (1:2).

Chetlatish: Kvintanans, 80 (Lixtenshteyn).


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia