"Manchester Yunayted" so'nggi soniyalarda gol o'tkazib g'alabadan mahrum bo'ldi

Alisher
23 iyul 2022, 16:47
"Manchester Yunayted" va "Aston Villa" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tmoqda.

Angliyaning ikki klubi "Manchester Yunayted" hamda "Aston Villa" o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini yakunladi. Bahsda Erik Ten Xag shogirdlari dastlab 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan edi. Ammo, 2-bo'limda Jerrard shogirdlari avvaliga Leon Beylining goli evaziga hisobni qisqartirishdi. Uchrashuvning so'nggi soniyalarida esa Kallum Chembers burchak zarbasidan keyin boshi bilan gol urib jangovar durangni taminladi. Aynan Chembersning golidan keyin bellashuvga yakun yasaldi.

"Manchester Yunayted" - "Aston Villa" 2:2

23.07.2022

"Optus Stadium", Pert, Avstraliya

Gollar: Sancho 25, Kesh (avtogol) 4 -  Beyli 49, Chembers 90+2

"Manchester Yunayted": De Xea, Diogu Dalot (Uan-Bissaka, 67), Maguayr (Bayi, 67), Lindelef (Varan, 67), Shou (Malasia, 67), Fred (Iqbal, 67), Brunu Fernandesh (Telles, 67), van de Bek (Garner, 67), Marsyal (Chong, 67), Reshford (Elanga, 67), Sancho (Mejbri, 67).

"Aston Villa": Martines (Olsen, 46), Kesh (Sanson, 64), Mingz (Konsa, 46), Diego Karlos (Iroegbunam, 64), Din (Archer, 64), Makginn (Yang, 64), Remzi (Duglas Luis, 46), Koutino (Buendia, 46), Kamara (Kessler, 64), Ingz (Beyli, 46), Uotkins (Chembers, 64).

Ogohlantirishlar: Koutino (13), Makginn (51), Chong (78), Bayi (90).

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia