O'rtoqlik uchrashuvi. "Lokomotiv" - "Bryun" (Chexiya) 1:1

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2014, 08:07
Avstriyada yig'in o'tkazayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi kecha dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Chexiyaning "Bryun" klubiga qarshi kechgan o'yinning 59-daqiqasida chexlar hisobni ochishdi. 90-daqiqada "temiryo'lchilar" yakuniy natijani o'rnatgan golni urishdi. Ushbu to'pni jamoaga yangi kelib qo'shilgan himoyachi Artyom Filiposyan raqib darvozasiga kiritdi.

"Lokomotiv" - "Bryun" (Chexiya) 1:1
Gol:
Filiposyan 90


O'yin haqidagi batafsil ma'lumot yaqin orada saytga joylanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia