O'rtoqlik uchrashuvi. "Liverpul" asosiy vaqtda "Milan"ni mag'lubiyatga uchratdi. O'yindan keyin esa penaltilar seriyasi o'tkazildi

Alisher
16 dek 2022, 23:48
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida "Liverpul" va "Milan" o'rtasida o'yin tashkil qilindi.

O'rtoqlik o'yinida Nunesning dubli "Liverpul"ga "Milan" ustidan g'alaba taqdim etdi. O'yin yakunlangach, ikki jamoa penaltilar seriyasida ham kuch sinashishdi. Unda "Milan" raqiblaridan ustun keldi.


"Liverpul" – "Milan" 4:1 (penaltilar seriyasi 3:4)

Gollar: 1:0 – 5 Salax, 1:1 – 29 Salemakers, 2:1 – 41 Tiago Alkantara, 3:1 – 82 Nunes, 4:1 – 88 Nunes.

Liverpul – Kellexer (Adrian, 59), Matip (Fillips, 66), Gomes (Kuansa, 83), Robertson (Cimikas, 59), Baychetich (Korness, 78), Tiago Alkantara (Keyta, 59), Elliott (Klark, 78), Milner (Frauendorf, 59), Oksleyd-Chemberlen (Karvalyu, 59), Firmino (Nunes, 59), Salax (Douk, 83).

Milan – Mirante, Kalulu, Gabbiya (Simich, 73), Tiav, Pobega (Boccolan, 73), Krunich (Vranks, 46), Salemakers (Bakayoko, 73), Adli, Tonali (Bennaser, 46), Rebich (El-Xilali, 56), Lazetich (Bakune, 89).

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia