O'rtoqlik uchrashuvi. "Buxoro" "Bunyodkor" yoshlarini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2017, 18:44
Bugun “Buxoro” jamoasi Toshkentdagi yig'in doirasida ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Toshkentning “Bunyodkor”yoshlariga qarshi kechgan bahsda buxoroliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Aralash tarkibda harakat qilgan “Buxoro”ning yagona goliga Bahodir Pardaev mualliflik qildi. Uchrashuv davomida Pardaevda dubl qayd etish imkoniyati bo'ldi, ammo u penaltini golga aylantira olmadi.

Bu uchrashuvda “Buxoro” quyidagi tarkibda harakat qildi:
Asilbek Amonov, Aleksandr Merzlyakov, Salamat Qutiboev, Jumaev, Nozim Umurov, Jamoliddin Ubaydullaev, Suxrob Nematov, Alisher Sanoev, Sanat Shixov, Anvar Rajabov, Bahodir Pardaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Shohjahon Nasimov, Muhiddinov, Olimov, Xoliqov, Dilmurodov, Sulaymonov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com