O'rtoqlik uchrashuvi. Avstraliya Livanga javobsiz uchta gol urdi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2018, 16:40
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Avstraliya terma jamoasi Livan bilan o'ynadi.

O'yinda Avstraliya 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Martin Boyl terma jamoadagi debyut uchrashuvida dublga erishdi. Yana bir golni Mettyu Leki livanliklar darvozasiga urdi. Bir necha kun oldin O'zbekiston terma jamoasi Livan bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan edi. 

Bugungi uchrashuv Tim Keyxill uchun Avstraliya terma jamoasi safidagi eng so'nggi bahs bo'ldi. U oxirgi 5 daqiqaga maydonga tushdi.


Avstraliya - Livan 3:0

Gollar: Martin Boyl - 19', Martin Boyl - 41', Mettyu Leki - 68'



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia