

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi avvalida Jenk Tosun penaltini aniq amalga oshirib, turklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, oradan ikki daqiqa o'tib tunisliklar muvozanatni tiklashdi. 79-daqiqada Ferjani Sassi Tunis termasini oldinga olib chiqdi. Ammo o'yin oxirida Chaglar Syoyunjyu jamoasiga durang taqdim etuvchi golga mualliflik qildi.
Takidlash joizki, Turkiya termasi 59-daqiqadan boshlab o'yin oxirigacha bellashuvni bir kishi kam bo'lib o'tkazdi. Tosun hakam tomonidan maydondan chetlatildi.



