O'rtoqlik o'yini. “Roma” yirik g'alabaga erishdi, Shomurodov esa 2-taymda zaxiradan tushdi

Eldor Akmurzayev
23 dek 2022, 09:10
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan “Roma” Niderlandiyaning “Valveyk” klubi bilan bahs olib bordi.

O'rtoqlik uchrashuvida rimliklar Temmi Abraxam, Stefan El Shaaravi hamda Nikolo Zanoloning gollari evaziga raqibni yirik (3:0) hisobda taslim etdi. Eldor Shomurodov 61-daqiqada Edoardo Bove o'rniga zaxiradan o'yinga qo'shildi.

Eslatib o'tamiz, “bo'rilar”ni 4 yanvar kuni A Seriya doirasida “Bolonya”ga qarshi bahs kutmoqda.

O'rtoqlik o'yini

“Roma” – “Valveyk” 3:0 (2:0, 1:0)

Albufeyra maydoni, Portugaliya

“Roma” (asosiy tarkib) – Patrisiu, Zalevski, Ibanes, Kumbulya, Chelik, Pelligrini, Matich, Bove, El Sharavi, Abraxam, Zanolo;

Zaxiradan tushganlar – Bur, Vinya, Volpato, Kamara, Karsdorp, Kristante, Manchini, Spinaccola, Shomurodov.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia