O'rtoqlik o'yini. "Roma" – "Real" uchrashuvi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi

Eldor Akmurzayev
12 avg 2019, 01:10
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Roma o'z uyida Real bilan nazorat o'yini o'tkazdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Tomonlar kelishgan holda g'olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashdi. Unga ko'ra, futbol lotereyasida maydon egalari zafar quchishdi. Yagona noaniq zarbani esa qaymoqranglilar himoyachisi Marselo yo'lladi. 


Roma – Real – 2:2 (2:2).

Olimpiko stadioni.

Gollar: Marselo, 16 (0:1). Perotti, 34 (1:1). Kazemiro, 38 (1:2). Djeko, 40 (2:2).

Penaltilar seriyasi: 5:4

Roma – Pau Lopes, Kolarov, Fasio, Juan Jezus, Florenci (Spinaccola, 63), Kristante, Pellegrini (Diavara, 62), Zanolo (Antonuchchi, 76), Jengiz Yunder, Perotti (Klyuvert, 67), Djeko (Shik, 76).

Real – Kurtua, Marselo, Varan, Eder Militau, Nacho (Yovich, 46), Karvaxal (Odriosola, 62), Modrich, Valverde (Vinisius Junior, 46), Kazemiro (Kroos, 62), Benzema (Beyl, 61), Azar (Isko, 71).

Ogohlantirishlar: Eder Militau, 63.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia