O'rtoqlik o'yini. "Reding" – "Chelsi" bahsida muxlislar 7ta gol ko'rishdi

Eldor Akmurzayev
28 iyul 2019, 23:45
Mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Chempionship vakili Reding o'z maydonida Chelsini qabul qildi.

Uchrashuvda aristokratlar 4:3 hisobida zafar quchishdi. Endi Frenk Lempard shogirdlari navbatdagi nazorat o'yinini Avstriyaning Zalcburg klubiga qarshi o'tkazishadi. Mazkur bahs 31 iyul sanasiga belgilangan. 

Eslatib o'tamiz, londonliklar yangi mavsum oldidan o'tkazilgan Sent-Patriks Atletik (4:0) hamda Barselonaga (2:1) qarshi o'yinlarda g'alabaga erishgan bo'lsa, Bogemians bilan durang (1:1) o'ynab, Kavasaki Frontalega mag'lub (0:1) bo'lishdi.


Reding – Chelsi 3:4

Madeyski o'yingohi.

Gollar: Barret, 13, Morrison, 49, Baldok, 70 – Barkli, 23, Kenedi, 42, Maunt, 57, 59

Chelsi (1 taym): Kabalero – Zappakosta, Kristensen, Tomori, Alonso – Drinkvoter, Bakayoko – Pulishich, Barkli, Kenedi – Jiru

Chelsi (2 taym): Kabalero – Aspilikueta, Zuma, David Luiz, Emerson – Jorjino, Kovachich – Abraxam, Maunt, Pedro - Batshuayi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia