O'rtoqlik o'yini. Braziliyalik futbolchini ko'rikdan o'tkazayotgan "Dinamo" "Bunyodkor"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
25 iyul 2024, 22:22
Superliga 2-davrasiga tayyorgarlik doirasida "Dinamo" Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushdi.

Samarqandliklar safida braziliyalik yarim himoyachi Duglas Maykon ko'rikda ishtirok etdi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Kojo Joel penaltidan gol ura olmagan bo'lsa, 34-daqiqada Iminov kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo'limda ikki jamoa murabbiylari bir qator o'zgarishlarga qo'l urgan bo'lsa-da, hisob o'zgarmadi. 


O'rtoqlik o'yini. 25 iyul. Toshkent

"Bunyodkor" - "Dinamo" - 0:1

Bosh hakam: Rahim Karimov

Gol: Humoyunmirzo Iminov, 34.

"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Shahboz Jo'rabekov, Momchilo Rasho, Azizbek To'lqinbekov, Usmonali Ismonaliev, Amir To'raqulov, Frann Chiryak, Bilol To'pliev, Muzaffar Olimjonov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Luis Kachorri

Zaxira: Rasul Yo'ldoshev, Andriya Filippovich, Mahmud Mahamadjonov, Bobur Yo'ldoshev, Mirjahon Mirahmadov, Najmiddin Normurodov, Ollabergan Karimov.

"Dinamo": R.Yagudin, O'rozov, Miyich, Tursunov, Narh, Duglas, Ratino, Muydinov, Iminov, Hojimirzaev, Kojo

Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahmatov, Qodirov, Abdullaev, Mustafoev, Shoahmedov, Temirov, Xalilov, Rahmatullaev.

Chetlatishlar: Ratino, 45 - Temurxo'ja Abduxoliqov, 45

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia