O'rtoqlik bahsi. "Nasaf" Norchaevning dubli evaziga Rossiya klubidan ustun keldi

Sherzod Nurmatov
8 fev 2022, 21:03
Yangi mavsumga Turkiyada taraddud ko'rayotgan "Nasaf" Rossiyaning "Volgar" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida qatnashdi.

Birinchi taymda Husniddin Aliqulov penaltidan unumli foydalana olmadi. Ikkinchi taymning 57-daqiqasida esa rossiyaliklar Mark Polushinning goli evaziga hisobni ochishdi. 

Shundan so'ng "Nasaf" murabbiylar shtabi bir nechta o'zgarishlarga qo'l urdi va bu samara keltirdi. Husayn Norchaev raqiblar darvozasiga 2 ta to'p kiritib, irodali g'alabani taminladi.  

"Nasaf" – "Volgar" 2:1 

Gol urilmagan penalti: Husniddin Aliqulov (darvozabon)

Gollar: Husayn Norchaev (2 ta) – Mark Polushin

"Nasaf": Azamat Soyibov (Abduvohid Ne'matov), Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Asliddin Tursunpo'latov (Umar Eshmurodov), Bahrom Abdurahimov, Murodbek Rahmatov, Suhrob Nurulloev, Sardor Sadullaev (Ivan Solovyov), Zafarmurod Abdurahmatov, Shahzod Akramov (Sherzod Nasrullaev), Aziz Xolmurodov (Husayn Norchaev)

"Volgar": Dmitriy Saganovich, Maksim Tyulin, Nikita Pechenkin, Elisey Krivoxijin, Aleksey Baev, Viktor Demyanov, Aleksey Pavlishin, Aleksandr Butenko, Mark Polushin, Dmitriy Lesnikov, Artyom Simonyan

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia